07:44 / 10.05.2021
3223
10 may kuni O‘zbekistonda yog‘ingarchilik kutilmaydi 
Foto: KUN.UZ

10 mayda kunduz kuni O‘zbekiston hududida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida kechga tomon ba'zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 25-30 daraja issiq bo‘ladi.

Poytaxtda havo o‘zgarib turadi, biroz yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 26-28 daraja issiq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida havo bulutli bo‘ladi, ba'zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin, sel kelishi xavfi mavjud. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 15-20 daraja iliq bo‘ladi.

Top