13:51 / 10.05.2021
6993
«65 kundirki musofirlikda dard bilan olishyapmiz» – Hindistonda qolib ketgan Javohirga moddiy ko‘mak zarur

Andijonlik Javohir Muhammedov 5 yildan beri jigar sirrozi bilan og‘riydi. Ayni paytda bemor Hindistonda jarrohlik amaliyoti va boshqa muolajalarni o‘tkazmoqda. Shifoxona va mehmonxona xarajatlariga o‘ylanganidan ko‘p mablag‘ sarflashga to‘g‘ri keldi. Bemor saxovatpesha insonlardan moddiy yordam berishlarini so‘raydi. 

Javohirning onasi Nigora Komilova Kun.uz orqali xalqimizga murojaat qilib, hozirgi vaziyatlari haqida so‘zlab berdi:

«Farzandim Javohirga 2016 yili jigar sirrozi tashxisi qo‘yildi. Bolam 5 yildan beri shu kasallik bilan og‘rib keladi. Har 15-20 kunda qorniga 12-13 litr suv to‘planib qolar edi. Shifokorlar suvni olib tashlashardi. Oxiri madori qolmadi, nihoyatda og‘ir ahvolga tushdi. Keyin operatsiya uchun Hindistonga keldik va bunga 65 kundan oshdi. O‘g‘limning operatsiyasi 8 soat davom etdi. O‘sha 8 soatni qanday o‘tkazganimni o‘zim bilaman. Shukr, hozir Javohirning ahvoli yaxshi, qorniga suv to‘planmayapti.

Bu yerda operatsiyadan chiqqan bemor ikki kun reanimatsiyada yotar ekan. Lekin bolam og‘ir operatsiyani boshdan o‘tkazgani uchun 7 kun qolib ketdi. Kunlik to‘lov 1 500 dollar. Kasalxonadan 5 kunlik to‘lov qarz bo‘lib qoldik. Mehmonxonadan ham qarzlarimiz ko‘payib ketdi.

Siz azizlardan muborak Ramazon oyida Alloh yo‘lida ehson qilishingizni yolvorib so‘raymiz. Robbim ajr va savoblarini ko‘paytirib bersin! O‘g‘limni 4 yashar va 4 oylik farzandlarining oldiga yorug‘ yuz bilan olib borish nasib etsin», – deydi onaizor.

Javohir Muhammedovga oid ma'lumotlar:

Uzcard: 8600 0609 4890 5501 (Matluba Asqarova nomida)

Viza: 4231 2000 0794 1528

Sberbank: 4276 4000 7806 5894 (Murodjon Polvonov)

Telefon: (90) 548 48 15

 Islombek Umaraliyev tayyorladi.

Mavzu
Xayriya aksiyasi
KUN.UZ sayti yordamga muhtoj insonlarga ko‘mak berish niyati bilan qator xayriya aksiyalarini tashkil etib kelmoqda.
Barchasi
Top