07:26 / 10.05.2021
2620

Andijon - Namangan - Toshkent yo‘nalishida poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yildi

«O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ tomonidan xalqaro temir yo‘l qatnovlarini bosqichma-bosqich tiklash bo‘yicha Qozog‘iston va Rossiya temir yo‘l ma'muriyatlariga murojaat yuborildi, deya xabar bermoqda kompaniya axborot xizmati.

«Ushbu murojaat har ikki davlatning vakolatli davlat organlari tomonidan o‘rganib chiqilmoqda va yaqin kelajakda amalga oshirilishi mumkin», — deyiladi xabarda.

Shuningdek, sayyohlik sohasini rivojlantirishga qo‘shgan hissasi va mamlakatimiz aholisi uchun qo‘shimcha qulayliklar yaratish, ichki turizmni rivojlantirish maqsadida yo‘lovchilarning takliflari o‘rganib chiqilib, hududlarda yangi yo‘nalishlar ochildi. 

Xususan, Termiz – Xiva – Termiz, Andijon – Nukus – Andijon, Toshkent – Namangan – Andijon, Andijon – Namangan – Toshkent, Andijon – Xiva – Andijon, Toshkent – Olot – Toshkent, Toshkent – Shovot yo‘nalishlarida poyezdlar qatnovi yo‘lga qo‘yildi.

Mavzuga oid
Top