15:10 / 10.05.2021
5974
Kuvaytda dunyodagi eng yirik neft konida yong‘in yuz berdi

Qayd etilishicha, sodir bo‘lgan yong‘in zudlik bilan nazoratga olingan. Ikki nafar kishi jabrlangan.

Kuvayt janubida joylashgan dunyodagi eng yirik Katta Burgan neft konida yong‘in yuz berdi. Bu haqda Kuvayt davlat yangiliklar agentligi xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, yong‘in oqibatida ikki kishi jabrlangan.

Qayd etilishicha, sodir bo‘lgan yong‘in zudlik bilan nazoratga olingan. Jabrlanganlar kon ishchilari bo‘lgan.

Dunyodagi qazib olinuvchi neft zaxiralarining 5 foizdan ko‘prog‘i va Kuvaytdagi tasdiqlangan neft zaxiralarining 75 foizdan ortig‘i Katta Burgan konida yig‘ilgan.

Top