18:51 / 10.05.2021
6661

Xitoyda o‘t o‘chirish vertolyoti qulab tushdi

Xabar qilinishicha, ikki kishi halok bo‘lgan, yana ikki kishi bedarak yo‘qolgan, deb hisoblanmoqda.

Xitoy janubi-g‘arbidagi Yunnan provinsiyasida o‘t o‘chirish vertolyoti ko‘lga qulab tushdi.

Voqea tasvirlangan videodan ma'lum bo‘lishicha, vertolyot havoda muvozanatini yo‘qotgan, ko‘lga qulashi oldidan esa portlash sodir bo‘lgan.

Xabar qilinishicha, ikki kishi halok bo‘lgan, yana ikki kishi bedarak yo‘qolgan deb hisoblanmoqda.

Qidiruv operatsiyasida 500ga yaqin kishi qatnashmoqda.

Top