07:49 / 11.05.2021
1744
11 may kuni O‘zbekistonda yog‘ingarchilik kutilmaydi 
Foto: KUN.UZ

11 mayda kunduz kuni O‘zbekistonda havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Surxondaryo, Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida, ertalab Jizzax, Samarqand viloyatlarida ba'zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Ba'zi joylarda shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 23-28 daraja issiq bo‘ladi.

Poytaxtda havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 25-27 daraja issiq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, ba'zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba'zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 13-18 daraja iliq bo‘ladi.

Top