08:49 / 11.05.2021
1840

Bojxona to‘lovidan qochish uchun qing‘irlik qilmoqchi bo‘lgan shaxslarning siri fosh bo‘ldi 

Buxoro viloyati bojxona boshqarmasi xodimlari tomonidan fuqarolar R.S. va B.D. nomiga chetdan keltirilgan avtokranning hujjatlarida texnikalar 2020 va 2018 yillarda ishlab chiqarilganligini ko‘rsatib, katta miqdorda bojxona to‘lovlarini yashirmoqchi bo‘lgani aniqlandi.

Olib borilgan ekspertizada ushbu texnikalar shassisida qo‘lbola usulda bajarilgan payvandlash izlari aniqlangan, kran kabinasidagi ma'lumotlar bitilgan yorliqlar ham qalbakilashtirilganligi ma'lum bo‘ldi.

Ma'lumotlarni soxtalashtirish orqali yuk egalari bojxona to‘lovlaridan  foydalangan 7 mlrd 422 mln so‘mlik imtiyozlar bekor qilinib, to‘lovlar qayta hisoblandi. Hozirda ushbu holatlar yuzasidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

Top