14:57 / 11.05.2021
12240
«Bunyodkor» va «Paxtakor» futbol klublari to‘liq Toshkent shahar hokimligiga o‘tkazildi

Vazirlar Mahkamasining 30 apreldagi qaroriga muvofiq, «Paxtakor» va «Bunyodkor» futbol klublarining barcha ulushlari Toshkent shahar hokimligiga o‘tkazildi. Yana 11ta futbol klubi davlat organlari va xo‘jalik yurituvchi sub'yektlarga o‘tkazildi.

Vazirlar Mahkamasining «Futbol klublari samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi. Unga ko‘ra, «Paxtakor» va «Bunyodkor» futbol klublarining ustav kapitalidagi davlat ulushlari Toshkent shahar hokimligiga, yana 11ta klubning ulushi davlat organlari va xo‘jalik yurituvchi sub'yektlarga o‘tkazib berildi. 

Qarorga muvofiq, «Paxtakor» va «Bunyodkor» futbol klublarining ustav kapitalidagi davlat ulushi Toshkent shahar hokimligiga o‘tkazildi. 

Bundan tashqari, «Nasaf», «Olmaliq», «Buxoro», «Neftchi», «Lokomotiv», «Sho‘rtan», «Dinamo plyus», «Metallurg», «Mash'al», «Navbahor lochinlari» va «Surxon» professional futbol klublarining ustav kapitalidagi davlat ulushlari davlat organlari va xo‘jalik yurituvchi sub'yektlarga o‘tkazildi.

Shuningdek, qarorda davlat organlari va xo‘jalik yurituvchi sub'yektlar 13ta futbol klubining bosh homiylari sifatida nazarda tutilgan. 

Avvalroq, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi 2020 yilda eng ko‘p zarar ko‘rgan davlat ishtirokidagi korxonalar ro‘yxatiga «Paxtakor» futbol klubini ham qo‘shgan edi. Klub 2020 yilda 82,7 milliard so‘m zarar ko‘rgani ta'kidlangandi.

Klub esa Davlat aktivlarini boshqarish agentligi ma'lumotiga e'tiroz bildirib, klub davlat budjetidan mablag‘ olmasligini, balki uning budjeti to‘lig‘icha « SFI Management Group» MChJ tomonidan shakllantirib kelinganini ma'lum qilgandi. Shu bilan birga, klub bayonotida Davaktiv agentligini to‘g‘ri va xolis axborot tarqatishga chaqirgandi.

Top