10:09 / 11.05.2021
21349

Koronavirus: O‘zbekistonda jami kasallanish holatlari soni 95 mingdan oshdi, yana ikki bemor vafot etdi

Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘zbekistonda koronavirusdan kasallanish holatlari soni pandemiya boshidan buyon 95 mingdan oshgani haqida xabar berdi.

«2021 yil 10 may holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 95072 (+313) nafarni tashkil etmoqda», deyiladi xabarda.

Yangi kasallanish holatlarining:

  • 2 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
  • 8 nafari Andijon viloyatida,
  • 8 nafari Buxoro viloyatida,
  • 11 nafari Jizzax viloyatida,
  • 6 nafari Qashqadaryo viloyatida,
  • 8 nafari Namangan viloyatida,
  • 29 nafari Samarqand viloyatida,
  • 5 nafari Sirdaryo viloyatida,
  • 2 nafari Surxondaryo viloyatida,
  • 14 nafari Farg‘ona viloyatida,
  • 4 nafari Xorazm viloyatida,
  • 29 nafari Toshkent viloyatida,
  • 187 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Kecha kun davomida:

  • Qoraqalpog‘iston Respublikasida 7 nafar,
  • Buxoro viloyatida 4 nafar,
  • Jizzax viloyatida 16 nafar,
  • Qashqadaryo viloyatida 5 nafar,
  • Namangan viloyatida 5 nafar,
  • Samarqand viloyatida 129 nafar,
  • Surxondaryo viloyatida 6 nafar,
  • Farg‘ona viloyatida 21 nafar,
  • Xorazm viloyatida 7 nafar,
  • Toshkent viloyatida 57 nafar,
  • Toshkent shahrida 115 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 90664 (+372) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 95 foizga tushdi.

Shuningdek, 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 664 nafarni tashkil qildi.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida 3744 nafar bemor davolanmoqda.

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top