13:29 / 11.05.2021
3400
«O‘ztransgaz» AJ va «Rothschild & Cie» kompaniyasi o‘rtasida hamkorlik shartnomasi imzolandi

 O‘zbekiston va Fransiya respublikalari o‘rtasida savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiyaning 8-yig‘ilishida «O‘ztransgaz» AJ va «Rothschild & Cie» kompaniyasi o‘rtasida hamkorlikka oid kelishuv imzolandi. Kelishuv doirasida qarzdorlik portfelini baholash, xalqaro bank kreditlarini olish orqali moliyalashtirishni jalb qilish kabi yo‘nalishlarda faoliyat olib borish ko‘zda tutilgan.

 Hamkorlik natijasida joriy qarz portfeli hamda uni qayta moliyalashtirishning batafsil jadvali ishlab chiqiladi. Shuningdek, kelgusidagi moliyalashtirish takliflarini ko‘rib chiqish, kredit sifatini oshirish mexanizmlari bo‘yicha ish olib boriladi. Yirik investitsion loyihalarni amalga oshirish doirasidagi loyihaviy moliyalashtirishning maqbul variantlarini ko‘rib chiqish yuzasidan ham hamkorlik qilinishi rejalashtirilgan.

 

Ma'lumot uchun: «Rothschild & Cie» kompaniyasi investitsiya-bank xizmatlari, korporativ bank xizmatlari, aktivlarni boshqarish kabi yo‘nalishlarda faoliyat olib boruvchi yirik xalqaro tashkilotlardan biri sanaladi.

 «O‘ztransgaz» AJ Axborot xizmati

Top