17:05 / 11.05.2021
53013

Ramazon hayiti namozi o‘qilish vaqtlari e'lon qilindi

Foto: KUN.UZ

O‘zbekiston musulmonlari idorasi milodiy 2021 yil, hijriy 1442 yil Ramazon hayitining birinchi kuni 13 may (Shavvol oyining 1 kuni) payshanba kuniga to‘g‘ri kelishi to‘g‘risidagi qarorini qabul qildi. Shunga ko‘ra, 2021 yil 13 may payshanba kuni Ramazon hayiti namozi Toshkent vaqti bilan soat 05:30 da, boshqa viloyatlarda namoz vaqtidagi tafovutni inobatga olib o‘qiladi.

Quyidagi jadvalda Ramazon hayiti namozi Toshkent shahri va respublika viloyatlarida o‘qiladigan vaqtlari keltirilgan.

Alloh taolo Ramazon hayiti namozini barcha mo‘min-musulmonlardan qabul qilsin hamda ushbu kun sharofati bilan xonadonlarimizni fayzu barakotga to‘ldirsin! Omin!

Top