21:14 / 11.05.2021
3165

Samarqandda sodir bo‘lgan YTHda bir kishi vafot etdi

Samarqand viloyati Ishtixon tumanida odam o‘limi bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisasi ro‘y bergan. Bu haqda viloyat IIB YHXB axborot xizmati Kun.uz’ga xabar berdi.

Foto: Videodan kadr

Ma'lum qilinishicha, joriy yilning 8 may kuni soat 14:30larda M37 Samarqand – Buxoro – Turkmanboshi xalqaro avtomobil yo‘lining Ishtixon tumani Shayxlarkent mahallasi hududidan o‘tuvchi 60-kilometrida odam o‘limi bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisasi ro‘y bergan.

Samarqand – Buxoro yo‘nalishi bo‘yicha harakatlanib ketayotgan «Nexia» mashinasi boshqaruvni yo‘qotib, yo‘l chetidagi daraxtga borib urilgan. Oqibatda, «Nexia» haydovchisi tan jarohatlari olib shifoxonaga yotqizilgan. Haydovchining yonida ketayotgan ayol kishi esa og‘ir tan jarohatlari olib voqea joyida vafot etgan.

Mavzuga oid
Top