19:31 / 11.05.2021
7961

UXX rahbari Ukraina Belarus tomonidan tahdid ko‘rayotganini aytdi

Bakanovning so‘zlariga ko‘ra, "Belarus va Rossiyaning hamkorlikdagi oxirgi mashg‘ulotlari buning isbotidir".

Ivan Bakanov / Foto: RIA Novosti

Ukraina xavfsizlik xizmati (UXX) rahbari Ivan Bakanov Ukrainaga nisbatan Rossiyaning ittifoqchisi bo‘lgan Belarus tomonidan tahdid ko‘rayotganini aytdi.

 "Rossiya Ukrainaga bostirib kirish rejasini amalga oshirgan taqdirda uning ittifoqchisi bo‘lgan Belarusni ham yoddan chiqarmaslik kerak", - dedi u.

Bakanovning so‘zlariga ko‘ra, "Belarus va Rossiyaning hamkorlikdagi oxirgi mashg‘ulotlari buning isbotidir".

UXX rahbari "Ukraina chegarasining 65 foizi zaif, qolgan 35 foizi ham alohida e'tibor talab qiladi", deb hisoblaydi.

"G‘arb-2021" Belarus-Rossiya harbiy mashg‘ulotlari 10-16 sentyabr kunlari Belarus va Rossiya hududlarida o‘tkaziladi.

Top