14:29 / 12.05.2021
12394

Bugun barcha xodimlar ishdan bir soat erta ketishi kerak

Mehnat kodeksi 121-moddasiga binoan, bayram (ishlanmaydigan) kunlari arafasida kundalik ish (smena) muddati barcha xodimlar uchun kamida bir soatga qisqartiriladi.

Foto: Shutterstock

Ertaga, 13 may kuni – Ramazon hayitiga to‘g‘ri kelmoqda va Mehnat kodeksi 131-moddasiga binoan ishlanmaydigan kun hisoblanadi. Shu tufayli, bugun – 12 may kuni barcha xodimlar odatdagidan 1 soat ertaroq uyga ketishga haqli.

Eslatib o‘tamiz, prezident qarori bilan 2021 yil 13 may (Ramazon hayiti), 14–15 may (qo‘shimcha dam olish kunlari) ishlanmaydigan kunlar sifatida belgilandi.

Shuningdek, 16 may yakshanba kuniga to‘g‘ri kelayotgani sababli o‘zbekistonliklar ketma-ket 4 kun (13–16 may) dam oladilar.

Mavzuga oid
Top