14:32 / 12.05.2021
5726
Harbiy sud va ayrim viloyat sudlariga rais o‘rinbosarlari tayinlandi
Foto: KUN.UZ

O‘zbekiston Harbiy sudi va ayrim viloyat sudlari rais o‘rinbosarlari lavozimiga tayinlovlar amalga oshirildi

Sudyalar oliy kengashi xabariga ko‘ra, kuni kecha O‘zbekiston prezidenti bu haqdagi tegishli farmoyishga imzo chekdi.

Farmoyishga binoan:

  • Zafar Ziyakulovich Allabayev sudyalik vakolati muddati davriga Samarqand viloyat sud raisining o‘rinbosari – fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlov hay'ati raisi lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan Surxondaryo viloyat ma'muriy sudining raisi vazifasidan ozod etildi;
  • Boboxon Xodjiakbarovich Vaxobov sudyalik vakolati muddati davriga Farg‘ona viloyat sudi raisining o‘rinbosari – jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay'ati raisi lavozimiga tayinlandi (bungacha Farg‘ona viloyat sudining jinoyat ishlari bo‘yicha sudyasi lavozimida ishlagan);
  • Alisher Abduxamidovich Madaminov sudyalik vakolati muddati davriga Farg‘ona viloyat sudi raisining o‘rinbosari – iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudlov hay'ati raisi lavozimiga tayinlandi (bungacha Farg‘ona viloyat sudining iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudyasi lavozimida ishlagan);
  • O‘tkir Abdug‘affarovich Mamadaliyev sudyalik vakolati muddati davriga Qashqadaryo viloyat sudi raisining o‘rinbosari – jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay'ati raisi lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand viloyat sudi raisining o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi;
  • Gavhar Dusbekovna Olimova sudyalik vakolati muddati davriga Sirdaryo viloyat sudi raisining o‘rinbosari – fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlov hay'ati raisi lavozimiga tayinlandi (bungacha Sirdaryo viloyat sudining fuqarolik ishlari bo‘yicha sudyasi lavozimida ishlagan);
  • Rahmatilla Salaydinovich Orziqulov sudyalik vakolati muddati davriga Jizzax viloyat sudi raisining o‘rinbosari – jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay'ati raisi lavozimiga tayinlandi (bungacha Oliy sud sudyasi lavozimida ishlagan);
  • Akmal Hoshimovich Rahimov sudyalik vakolati muddati davriga Sirdaryo viloyat sudi raisining o‘rinbosari – iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudlov hay'ati raisi lavozimiga tayinlanadi (bungacha Farg‘ona tumanlararo iqtisodiy sudining raisi lavozimida ishlagan);
  • Umidjon Sharibjonovich Shokirov sudyalik vakolati muddati davriga O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudi raisining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi (bungacha Harbiy sudining sudyasi lavozimida ishlagan);
  • Farhodjon Boqijonovich G‘aniyev sudyalik vakolati muddati davriga Andijon viloyat sudi raisining o‘rinbosari – jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay'ati raisi lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan jinoyat ishlari bo‘yicha Farg‘ona viloyat sudi raisining o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi.
Top