07:09 / 12.05.2021
3178

Namangan shahar XTBga yangi mudir tayinlandi

Jahongir Lutpillayev Namangan shahar xalq ta'limi bo‘limi mudiri lavozimiga tayinlandi. 

Namangan shahar hokimi G‘ofurjon Jamolov, viloyat xalq ta'limi boshqarmasi boshlig‘i Rustamjon Isroilov boshchiligida Namangan shahar xalq ta'limi bo‘limida ta'lim sifat va samaradorligi, bitiruvchilarni OTMlarga yo‘naltirish, ta'lim tizimida bugungi kun islohotlarining borishi, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar tahlili, amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda shahardagi 51 ta maktab direktorlari, OAV va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Unda o‘tgan o‘quv yilida shahar maktablari bitiruvchilarning oliy o‘quv yurtlariga kirishda past natija ko‘rsatgani tanqidiy ko‘rib chiqilgan.

Yig‘ilishda tashkiliy masala ko‘rildi. Jahongir Lutpillayev Namangan shahar xalq ta'limi bo‘limi mudiri lavozimiga tayinlandi. 

Jahongir Lutpillayev ayni paytga qadar Namangan shahar xalq ta'limi bo‘limi mudiri o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelgan.

Mavzuga oid
Top