12:22 / 12.05.2021
487
“Ramazon tuhfasi” aksiyasi doirasida 1 ming 500 dan ortiq oilalarga yordam ko‘rsatildi

Toshkent viloyatida “Ramazon tuhfasi” aksiyasi doirasida tadbirkorlar, ishbilarmonlar, saxovatpesha insonlar tomonidan muhtoj oilalarga yordam berildi. Bu haqda Toshkent viloyati hokimligi axborot xizmati ma'lum qildi

Mazkur aksiya boshlanganidan to hozirga qadar 1 ming 500 dan ortiq oilalarga 1 mlrd 437 mln 247 ming so‘mlik moddiy mehr-muruvvat yordami ko‘rsatilib, oziq-ovqat mahsulotlari, uy-ro‘zg‘or buyumlari va pul mablag‘i ajratilgan.

Xususan, 8 may holatiga 300 dan ziyod ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga yordam ko‘rsatilgan. Angren shahar bosh imom-xatibi Yahyoxon domla Baboxonov tashabbusi bilan homiylarni jalb qilgan holda kam ta'minlangan, nogironligi bor, yakka-yolg‘iz ayol va boquvchisini yo‘qotgan 145 ta oilaning har biriga 1 mln so‘mlik oziq-ovqat mahsulotlari ham ehson qilingan. 

«Bo‘ka tumani “Moy-tepa” jome masjidi imom xatibi tashabbusi bilan ehtiyojmand 15 nafar oilaga 3 mln so‘mlik oziq-ovqat mahsulotlari, “Mulla Abduroziq” jome masjidi imom xatibi Abduzoxir Abloqulov tashabbusi bilan ehtiyojmand 10 nafar oilaga jami 10 mln so‘mlik moddiy yordam berildi. Zangiota tumani “Umir” jome' masjidi imom-xatibi Fayzullajon domla Abdulhamidov boshchiligida 30 nafar kam ta'minlangan, nogironligi bor, yakka-yolg‘iz keksalar, boquvchisini yo‘qotgan oilalarga 15 million so‘mlik oziq-ovqat mahsulotlari tarqatildi» – deyiladi xabarda.

Top