08:27 / 12.05.2021
2626

Taxiatoshda tibbiy diagnostika markazi hamda tikuvchilik sexi ochildi

Taxiatosh tumanida «Taxiatosh IES» AJga qarashli tibbiy diagnostika markazi hamda tikuvchilik sexi binosining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Raisi Murat Kamalov, Vazirlar Kengashi raisi Qahramon Sariyev, «Issiqlik elektr stansiyalari» AJ Boshqaruvi raisi Farhod Abduraxmanov va boshqa mas'ullar ishtirok etdi.

Murat Kamalov tabrigidan keyin mehmonlar tibbiy diagnostika markaziga o‘rnatilgan jihozlar va tikuvchilik sexidagi ish jarayoni bilan tanishishgan.

Qayd etilishicha, diagnostika markazida respublikada yagona bo‘lgan zamonaviy MRT qurilmasi o‘rnatilgan. Shu bilan birga elektrokardiogramma, videoendoskopiya, ultratovush diagnostikasi, stomatologiya va boshqa tibbiy qurilmalar o‘rnatilgan.

Qo‘shimcha qilinishicha, diagnostika markazi va tikuvchilik sexining ishga tushirilishi natijasida 65 ta yangi ish o‘rinlari yaratilgan. Shundan diagnostika markazida 48 ta ish o‘rinlari va tikuvchilik sexida 17 ta ish o‘rinlari yaratildi, deyiladi hokimlik xabarida. 

Eslatib o‘tamiz, bundan oldin Beruniy tumanida loyiha qiymati 11 mlrd so‘mlik innovatsion klinika ish boshlagandi.

Mavzuga oid
Top