17:23 / 13.05.2021
6783

ERIELL Group: Ramazon Hayiti bayrami munosabati bilan xayriya yordami ko‘rsatildi

Foto: ERIELL Group

Muqaddas Ramazon Hayiti bayrami arafasida ERIELL Group tomonidan «Mehribonlik» ijtimoiy o‘zaro yordam nogironlar jamiyati Yunusobod bo‘limi va Toshkent viloyati ixtisoslashtirilgan Bolalar uyiga xayriya yordami ko‘rsatildi.

Ramazon Hayiti – qadimiy va muqaddas bayram, uning asosiy maqsadi ma'naviy va axloqiy poklanishdir. Ushbu kunning eng muhim an'analaridan biri muhtojlarga yordam berish – «zakot» hisoblanadi. Ko‘pgina oilalar manzilli qo‘llab-quvvatlashga va vasiylikka muhtoj, ammo jamiyatimizning zaif qatlamlariga alohida e'tibor qaratish lozim.

Zamonaviy dunyoda, boshqalarning taqdiriga befarq bo‘lmaslik, shuningdek, insoniy qadriyatlarni va fazilatlarni yo‘qotmaslik juda muhim. Taqdir kimgadir kulib boqqan bo‘lsa, kimdir yordamga muhtoj ekanligini unutmasligimiz lozim.

ERIELL Group xayriya ishlarida faol ishtirok etib kelmoqda, jumladan, alohida ehtiyojga ega bo‘lgan insonlarni qo‘llab-quvvatlashga e'tibor qaratmoqda va bayramlar arafasida an'anaviy ravishda mamlakatimizdagi ixtisoslashtirilgan muassasalarga yordam ko‘rsatmoqda.

Ramazon Hayiti bayrami arafasida «Mehribonlik» ijtimoiy o‘zaro yordam nogironlar jamiyati Yunusobod bo‘limiga xayriya yordami ko‘rsatildi. Jamiyat qaramog‘ida bo‘lgan 210 nafar inson uchun oziq-ovqat mahsulotlari xarid qilindi va topshirildi.

ERIELL Group xodimlari ham xayriya tadbirlarida faol ishtirok etishmoqda. Ramazon Hayiti munosabati bilan Toshkent viloyati ixtisoslashtirilgan Bolalar uyiga yordam ko‘rsatish uchun mablag‘ yig‘ish tashkil etildi. Mazkur bolalar uyi psixofizik rivojlanishning turli xil buzilishlariga ega 7 yoshgacha bo‘lgan 100 nafar bola uchun mo‘ljallangan. Shifokorlar va tibbiyot xodimlari bolalarning salomatligini yaxshilash bilan, professional o‘qituvchilar va mutaxassislar ularning ta'lim tarbiyasi bilan shug‘ullanishadi.

Xodimlar tomonidan to‘plangan mablag‘lar zarur oziq-ovqat, dori-darmon va uy-ro‘zg‘or buyumlarini sotib olishga sarflandi.

Bir narsani tushunib olishimiz lozim, xayriya – bu birinchi navbatda insonlarning madaniyati, yig‘iladigan pullar ikkinchi darajali. Xayrli ishlarga qancha pul berilganligi muhim emas, xayriya ishlariga ko‘proq e'tibor qaratishi kerakligini har bir inson ichidan tushinishi muhim.

ERIELL Group O‘zbekiston aholisini muborak bayram – Ramazon Hayiti bilan tabriklaydi! Hayotingiz quvonchga, xonadoningiz nurga, qalbingiz mehrga to‘lsin!

ERIELL Group matbuot xizmati

Mavzuga oid
Top