08:41 / 13.05.2021
6080

JSST rahbari koronavirusga qarshi emlandi

Foto: twitter.com

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti bosh direktori Tedros Adanom Gebreyyesus Jyeneva universiteti klinikasida koronavirusga qarshi emlandi. Bu haqda uning o‘zi Twitter’da ma'lum qildi.

«Bugun koronavirusga qarshi emlanish mening navbatim edi. Vaksinalar hayotlarni saqlab qoladi. Ularni barcha yerga iloji boricha tezroq yetkazish kerak», deb yozgan Gebreyyesus. Biroq u aynan qaysi vaksina bilan emlanganiga aniqlik kiritmagan.

JSST rahbari vaksina olish imkoniyatiga ega bo‘lgan barchani emlanishga chaqirgan.

«Agar siz vaksina bor bo‘lgan davlatda yashasangiz, iltimos, navbatingiz kelishi bilanoq emlaning», deb tavsiya qilgan Gebreyyesus.

Mavzuga oid
Top