11:06 / 13.05.2021
5010
Qozog‘istonda xorijliklarga qishloq xo‘jaligi yerlarini sotishni taqiqlovchi qonun qabul qilindi  

Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev xorijiy jismoniy va yuridik shaxslarga qishloq xo‘jaligi yerlarini sotish va ijaraga berishni taqiqlash haqidagi qonunni imzoladi. 

Ushbu qonundan maqsad yer qonunchiligining qishloq xo‘jaligi yerlariga egalik qilish va ulardan foydalanish qismini takomillashtirish hisoblanadi.

Qonun bilan xorijiy jismoniy va yuridik shaxslar, fuqaroligi yo‘q kishilar, Qozog‘istonning xorijiy shaxslar, xalqaro tashkilotlar ishtirokidagi yuridik shaxslari hamda xalqaro tashkilotlar ishtirokidagi ilmiy markazlari, qandaslar (etnik qozoq repatriantlar) tomonidan qishloq xo‘jaligi yerlariga xususiy mulkchilik va vaqtincha foydalanish huquqi asosida egalik qilishga taqiqlov kiritiladi.  

Qonunda 2016 yil 1 iyulgacha yuqoridagi toifadagi shaxslarga berilgan qishloq xo‘jaligi yerlariga vaqtinchalik egalik huquqi ijara shartnomasi muddati yakunlangungacha amal qilishi va ushbu muddatdan keyin uzaytirilmasligi ko‘zda tutilgan.

Top