16:46 / 14.05.2021
11400

Afg‘onistondagi masjidda yuz bergan portlash oqibatida o‘ndan ortiq inson halok bo‘ldi

Ma'lumot berilishicha, portlovchi qurilma masjid ichiga o‘rnatilgan bo‘lgan. Portlash oqibatida masjid imomi halok bo‘lganligi aytilmoqda.

Afg‘oniston poytaxti Kobul shahri shimolidagi Shakar-Dara tumanida sodir bo‘lgan portlash oqibatida 12 kishi halok bo‘ldi, 15 kishi jarohatlandi. Bu haqda TOLOnews xabar berdi.

Portlash masjidda juma namozi o‘qilayotgan vaqtda yuz bergan.

Ma'lumot berilishicha, portlovchi qurilma masjid ichiga o‘rnatilgan bo‘lgan. Portlash oqibatida masjid imomi halok bo‘lganligi aytilmoqda.

Terakt uchun javobgarlikni hozircha hech kim zimmasiga olmagan.

Top