07:59 / 14.05.2021
18704
Bolalar ustidan pul sochgan fuqaroga chora ko‘rildi

Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand viloyati, Urgut tumanida yashovchi yigitning pul sochayotgani aks etgan lavha ko‘plab fuqarolar orasida turli muhokamalarga sabab bo‘ldi.

Holat IIB tomonidan o‘rganib chiqildi, deyiladi Samarqand viloyati IIB xabarida. 

Qayd etilishicha, Urgut tumani Vag‘ashti mahallasida yashovchi, 1991 yilda tug‘ilgan N.J. Ramazon hayiti munosabati bilan qarindosh va qo‘shnilarini mehmondorchilikka chaqirib, ularning farzandlarini xursand qilish maqsadida ustidan pul sochgan.  

“N.J. bilan olib borilgan suhbat davomida u qilgan ishidan chin ko‘ngildan pushaymonligini bildirdi.

Fuqaro va uning yaqin qarindoshlari bilan kelgusida bu kabi holatlarga yo‘l qo‘ymaslik borasida profilaktik suhbat o‘tkazilib, fuqaroga nisbatan tegishli tartibda ma'muriy bayonnoma rasmiylashtirildi”, deyiladi ma'lumotda.

Top