17:55 / 14.05.2021
8260
Yangi Zelandiya rahbari dunyoning eng buyuk yetakchilari reytingi yetakchisi bo‘ldi

Jasinda Ardern 2017 yilda 37 yoshida Yangi Zelandiya tarixidagi eng yosh bosh vazir bo‘lgan.

Foto: Mark Baker/The Associated Press

Yangi Zelandiya bosh vaziri Jasinda Ardern Fortune jurnali e'lon qilgan dunyoning eng buyuk yetakchilari reytingi yetakchisi bo‘ldi, deb xabar bermoqda LADbible.

Nashrning yozishicha, u o‘tgan yili pandemiya davrida amalga oshirgan ishlari tufayli ushbu e'tirofga sazovor bo‘ldi. Pandemiya boshlanganidan buyon Yangi Zelandiya koronavirusga qarshi kurashish bo‘yicha dunyo mamlakatlari orasida birinchi o‘rinni egallab kelmoqda.

"COVID-19 pandemiyasi boshlandi va Ardern virusni nafaqat bostirish, balki uni butunlay yo‘q qilishga e'tibor qaratdi. Uning strategiyasi muvaffaqiyatli bo‘ldi: aholisi qariyb 5 million kishi bo‘lgan Yangi Zelandiyada 2700dan kamroq kasallanish holati va atigi 26ta o‘lim qayd etildi", - deyiladi Fortune bayonotida.

Jasinda Ardern 2017 yilda 37 yoshida Yangi Zelandiya tarixidagi eng yosh bosh vazir bo‘lgan.

Ardern 2019 yil martida Kraystcherch shahridagi masjidlarda terrorchi 50dan ortiq kishini otib o‘ldirganidan so‘ng hijob o‘ragan va Yangi Zelandiya musulmonlari bilan yonma-yon turgan.

Fortune ro‘yxatidan shuningdek, kantri-xonanda Dolli Parton, MFL yulduzi Tom Bredi, inson huquqlari himoyachisi Malala Yusufzay, amerikalik teleboshlovchi Gay Fiyeri, Kapitoliy politsiyasi ofitseri Yujin Gudman va tennischi Naomi Osaka o‘rin olgan.

Top