02:22 / 14.05.2021
10138
Ektor Kuper – Kongo milliy jamoasi bosh murabbiyi
Foto: Tribuna.uz

O‘zbekiston milliy jamoasi sobiq bosh murabbiyi Ektor Kuper 1,5 yillik ishsizlikdan keyin Afrika qit'asida ish boshladi.

A Bola nashrining yozishicha, argentinalik 65 yoshli mutaxassis Kongo Demokratik Respublikasi milliy jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlandi. Murabbiy oldiga Kongoni Qatarda o‘tadigan JCh-2022ga olib chiqish vazifasi qo‘yilgan.

Ma'lumot uchun, Kongo milliy jamoasi JCh-2022 Afrika qit'asi ikkinchi saralash bosqichi «J» guruhidan Benin, Madagaskar va Tanzaniya jamoalari bilan bir guruhdan joy olgan. O‘yinlar sentabr oyidan boshlanadi.

Eslatib o‘tamiz, Kuper 2019 yilda O‘zbekiston milliy jamoasidan iste'foga chiqarilgandi. Bungacha argentinalik murabbiy Gruziya va Misr milliy jamoalarida ham faoliyat yuritib, misrliklar bilan birga JCh-2018ga yo‘llanma olgandi.

Top