15:05 / 14.05.2021
2102
Emlangan amerikaliklarga jamoat joylarida niqobsiz yurishga ruxsat berildi

AQShning 119 million aholisi koronavirusga qarshi to‘liq emlandi va emlangan amerikaliklar endi jamoat joylarida niqobsiz yurishi mumkin. Bu imkoniyatga vaksina qabul qilishga rag‘bat sifatida qaralmoqda.

Foto: The New York Times

Payshanba kuni federal salomatlik rasmiylari emlangan amerikaliklar jamoat joylarida niqobsiz yurishi mumkinligi va ijtimoiy masofa saqlashi shart emasligini ma'lum qildi. Bunga Qo‘shma Shtatlarda pandemiya nihoyasiga yetishi mumkinligining aniq belgisi sifatida qaralmoqda. 

Tibbiy niqoblardan foydalanishni to‘xtatishga ruxsat berish, emlashni hali xam davom ettirayotgan millionlab odamlarga rag‘bat beradi.

Chorshanba kunigacha, taxminan, 155 million kishi Covid-19 vaksinasining kamida bitta dozasini olgan va amerikaliklarning taxminan, uchdan bir qismi, ya'ni 119 million kishi to‘liq emlangan.

Biroq emlash tezligi susaygani aytilmoqda. Vaksina bilan ta'minlovchilar kuniga 2,09 million doza vaksina yetkazib bermoqda, bu aprel oyining o‘rtalarida qayd etilgan 3,38 millionlik ko‘rsatkichdan 38 foizga kam degani.

Avvalroq AQShda Johnson & Johnson kompaniyasining 15 mln doza vaksinasi Baltimor shahridagi zavodda yo‘l qo‘yilgan xatolik sababli yaroqsizga chiqarilgani ma'lum qilingandi.

Zavod ishchilari  Johnson & Johnson vaksinasiga boshqa kompaniya vaksinasi tarkibiy qismlarini qo‘shib yuborishgandi.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma'lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Top