14:27 / 14.05.2021
8376

Nur-Sultonda O‘zbekiston-Qozog‘iston chegarasini demarkatsiya qilish to‘g‘risidagi shartnoma loyihasi muhokama qilindi

Foto: Farrux Aliyev/xabar.uz

Bugun, 14 may kuni, Qozog‘iston poytaxtida O‘zbekiston va Qozog‘iston hukumat delegatsiyalari ishtirokida O‘zbekiston-Qozog‘iston qo‘shma demarkatsiya komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi o‘z ishini yakunladi, deb xabar bermoqda "Dunyo".

Tomonlar 10-14 may kunlari Nur-Sulton shahrida O‘zbekistonning Sirdaryo va Jizzax viloyatlari hamda Qozog‘istonning Turkiston viloyati chegaralari tutashgan uchastkalarda davlatlararo chegara demarkatsiyasining yakuniy hujjatlari loyihalarini tayyorlashni davom ettirdi.

Shuningdek, O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida O‘zbekiston-Qozog‘iston davlat chegarasini demarkatsiya qilish to‘g‘risidagi shartnoma loyihasi muhokama qilindi.

Navbatdagi uchrashuvni may oyining oxirida O‘zbekistonda o‘tkazilishi rejalashtirildi, deyiladi xabarda.

Mavzuga oid
Top