15:43 / 14.05.2021
2622

Shahrisabz tumanida «ko‘rinmas» post

12 may kuni Shahrisabz tumani Hojimaydon qishlog‘ida ko‘rinmas post faoliyat ko‘rsatganini Kun.uz muxbiri xabar qilmoqda.

Hayit bayrami munosabati bilan tashkil etilgani aytilgan postda umuman yoritish uskunalari ishlamagan. «Shlagbaum»dagi «Stop» belgisi qorong‘uda umuman nur qaytarmaydigan, post texnika xavfsizligi me'yorlariga javob bermaydigan holatda.

Shahrisabz va Yakkabog‘ tumanlari orasidagi ushbu vaqtinchalik postda o‘zini Abbos deya tanishtirgan yigit mahalla raisi Musurmon Ochilov ekanini va uning topshirig‘i bilan navbatchilikda navbatchilikda turganini aytdi. Yigitning aytishicha, uchastka nozirini ism-familiyasini bilmaydi, yaqin orada ko‘rmagan.

Bayramlar paytida shunday postlar faoliyat yuritgani yaxshi, albatta. Ogohlik – davr talabi. 

Biroq yaxshi yoritilmagan, yo‘l belgilari talab darajasida bo‘lmagan, hech bir videokameralar o‘rnatilmagan joyda navbatchilik guruhlarini tashkil etish qanchalar to‘g‘ri?! Mas'ullardan izoh kutamiz.

Mavzuga oid
Top