09:00 / 14.05.2021
3145
Strategik sheriklik va innovatsiyalar Olmazor Business City turar joy majmuasi qurilishining yuqori sur'atlarini ta'minlaydi

Turar joy majmualari va mehmonxonalarni qurish sohasidagi yetakchi mutaxassislardan biri, me'mor Ozan Yunan Olmazor Business City turar joy majmuasidagi qurilish ishlarining borishi haqidagi taassurotlari bilan bo‘lishdi.

O‘zining professional faoliyati davomida Ozan Yunan dunyoning turli mamlakatlarida yirik mehmonxona va turar joy majmualarini qurishda qatnashgan. U Turkiya, Ozarboyjon va Jazoirda qurilish loyihalarida qatnashgan. Ayni paytda janob Yunan loyihaning bosh dizayneri sifatida o‘z tajribasi bilan o‘rtoqlashmoqda va Olmazor Business City turar joy majmuasi hududida aholi uchun qulaylik va sharoit yaratilishini nazorat qilmoqda.

Olmazor Business City turar joy majmuasidagi qurilish ishlarining birinchi bosqichi yakunlandi. Unda balandligi 9, 12 va 18 qavatli turar joy binolari mavjud. Hammasi bo‘lib birinchi uchastkada 6 ta blok foydalanishga topshirildi, bu yerdagi xonadonlar soni 532 tani tashkil etadi. 18 qavatli binoning maydoni savdo xiyoboni uchun ajratilgan bo‘lib, uning birinchi qavatlarida tijorat binolari tashkil etiladi.

Bu yerda asosan majmua aholisining katta oqimi uchun mo‘ljallangan do‘konlar, butiklar, ovqatlanish nuqtalari, xizmat ko‘rsatish maskanlari va boshqalar joylashadi. Birinchi lotning ichki qismidagi hovlilarda favvoralar, bolalar maydonchalari, sun'iy hovuzlar, barbekyu va dam olish joylari bunyod etiladi. Avtomobil egalari uchun yer osti avtoturargohida 284 ta joy mavjud. Ikkinchi bosqich qurilish maydonchalarida esa ishlarning yuqori sur'atini kuzatish mumkin. Bu yerda 8 blokda fasadlarni pardozlash ishlari olib borilmoqda. Bunga parallel ravishda, hovlilarning ichki qismida bolalar maydonchalari, sayr yo‘laklari va maxsus ajratilgan dam olish joylarini tashkil etish ishlari olib borilmoqda. Lot №2 da 9 va 13 qavatli turar joy binolari quriladi. Bu yerda 940 ta xonadon bo‘ladi.

E'tiboringizni turar joy majmuasidagi yagona osmono‘par bino qurilishiga qaratmoqchimiz. Ushbu 30 qavatli bino turar joy majmuasining so‘nggi nuqtasi va eng mashhur obektlaridan biriga aylanadi. Qurilishning keyingi bosqichlari savdo maydonchalari va boshqa binolar qurilishini o‘z ichiga oladi.

Olmazor Business City – bu yerda har bir kvadrat metr aholining farovon hayoti uchun xizmat qiladi!

Manzil: Toshkent shahri, Olmazor tumani, Kichik Halqa Yo‘li ko‘chasi, 5-A uy.

Mo‘ljal: Shimoliy Olmazor chorrahasi.

Sotuv ofisi har kuni, dam olish kunlarisiz soat 9:00 dan 19:00 gacha ishlaydi.

Batafsil ma'lumotlarni quyidagi telefon raqamidan olishingiz mumkin: +998 71 210 44 44

Instagram: @bizninguylar

Facebook: fb.com/bizninguylar

Telegram: t.me/bizninguylar

Sayt: bizninguylar.uz

Reklama huquqi asosida

Top