12:45 / 15.05.2021
8355

Avtomobil shinasiga yashirilgan “gashish” va “opiy” fosh etildi

Jizzax va Samarqand viloyatlari bojxonachilari Davlat xavfsizlik xizmati idoralari vakillari  bilan hamkorlikda Samarqand viloyatida  tezkor tadbir o‘tkazishdi.

Foto: Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati

Tadbir davomida oldindan kuzatuvga olingan fuqaro F.B. boshqaruvidagi “Epika” rusumli avtotransport vositasi  ko‘zdan kechirilganida unda  1 dona polietilen o‘ram borligi, uning ichidagi modda ekspertiza xulosasiga ko‘ra,  sof og‘irligi 1 kg. 17 gr.ni tashkil qiluvchi “gashish” giyohvandlik vositasi ekanligi ma'lum bo‘ldi.
 
Tezkor tadbir davomida fuqaro B.B.ning xonadoni ham ko‘zdan kechirilganida, yerto‘ladagi avtomobil balloni shinasi ichiga 3 dona polietilen o‘ramlar yashirib qo‘yilganligi, mazkur o‘ramlarning ichida jami 3 kg. 90 gr. og‘irlikdagi "opiy" va "gashish" giyohvandlik vositalari yashirilganligi  aniqlandi. 

Hozirda mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Top