19:23 / 15.05.2021
3802
Chernogoriya barcha turistlarga chegaralarini ochmoqda

Butun iqtisodiyoti 6 mlrd dollar deb baholanadigan respublika daromadining chorak qismi turizmdan keladi.

Foto: Global Look Press

Chernogoriya hukumati kelasi haftadan boshlab barcha turistlar uchun chegaralarini ochadi. Bu haqda mamlakat bosh vaziri Zdravko Krivokapich ma'lum qildi.

«Gretsiya barcha turistlar uchun ochiq, restoran va mehmonxonalar ishlay boshladi, biz ham shunday qilishimiz kerak, chunki bu masalada yondashuvlarimiz o‘xshash. Chernogoriya kelasi haftadan barcha turistlar uchun chegaralarini ochadi», — dedi Krivokapich.

Chernogoriya moliya va ijtimoiy himoya vaziri Miloyko Spayich o‘tgan yil dekabrda mamlakat bundan buyon koronavirusga qarshi kurashish uchun chegaralarini yopmasligini aytgandi.

Butun iqtisodiyoti 6 mlrd dollar deb baholanadigan respublika daromadining chorak qismi turizmdan keladi, deb yozadi Bloomberg. 2020 yil yanvaridan sentyabriga qadar Chernogoriyaning turizmdan oladigan daromadi 90 foizga kamaygan.

Top