00:03 / 15.05.2021
3465
Tailandda emlanishdan bosh tortganlar ikki yil qamoq jazosi olishi mumkin  

Tailandning Buriram provinsiyasi gubernatori Tachakorn Xattxatayakul koronavirusga qarshi emlanishdan bosh tortganlarga nafaqat yirik jarima solinishi, balki 2 yillik qamoq jazosi berilishini ko‘zda tutuvchi farmonni imzoladi.

Foto: RIA Novosti

Hujjatda ta'kidlanishicha, aholini yanada samarali emlash uchun hukumat tomonidan maxsus vakillar tayinlanib, ular xavf guruhiga kiruvchi odamlarni emlashdan o‘tish zarurligi haqida xabardor qiladi. Shuningdek, odamlarga ular emlanadigan sana, vaqt va emlash o‘tkaziladigan tibbiy punkt manzili ma'lum qilinadi.

Emlashga kelmaganlarga 40 ming bat (1,3 ming dollar) jarima solinishi mumkin. Ashaddiy qoidabuzarlarni esa 2 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi kutmoqda.

Top