19:26 / 17.05.2021
13166
AQSh 60 ming kishilik maxfiy armiyaga ega – OAV

Ma'lumot berilishicha, «maxfiy armiya» mamlakat ichida va xorijda topshiriqlar bajaradi, armiya jangchilari harbiy yoki fuqarolik libosida faoliyat yuritadi. Maxfiy armiya uchun yiliga 900 mln dollardan ortiq mablag‘ sarflanadi.

Foto: Getty Images

AQSh mudofaa vazirligi oxirgi o‘n yil davomida 60 ming kishidan iborat «maxfiy armiya»ni shakllantirdi, deb yozadi Newsweek nashri o‘zining ikki yillik surishtiruvi natijalariga tayanib.

Ma'lumot berilishicha, «maxfiy armiya» mamlakat ichida va xorijda topshiriqlar bajaradi, armiya jangchilari harbiy yoki fuqarolik libosida faoliyat yuritadi. Ushbu dasturda 130ga yaqin xususiy kompaniyalar va o‘nlab hukumat tashkilotlari qatnashadi hamda maxfiy armiya uchun yiliga 900 mln dollardan ortiq mablag‘ sarflaydi.

Nashrning yozishicha, maxfiy qo‘shinlar tarkibining yarmidan ko‘pi «maxsus operatsiyalar kuchlari»da xizmat qiladi. Ular «Pokistondan G‘arbiy Afrikagacha jangovar harakatlar olib borilayotgan hududlarda, shuningdek, Shimoliy Koreya va Eronda ish olib borishadi.

Bundan tashqari, «maxfiy armiya» tarkibida tarmoqda ma'lumotlar yig‘ish bilan shug‘ullanuvchi kibermutaxassislar bor. Maxfiy qo‘shinlarning yuzlab xodimlari AQSh milliy xavfsizlik agentligida yoki agentlik uchun ishlaydi.

Top