16:17 / 17.05.2021
14033
Dollarning rasmiy kursi ko‘tarildi

Markaziy bank xorijiy valutalarning so‘mga nisbatan yangi kurslarini e'lon qildi. Ushbu almashuv kurslari 18 may kunidan kuchga kiradi.

Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 15,27 so‘mga oshib, 10 566,11 so‘mni tashkil qildi.

Yevro kursi 38,61 so‘mga ko‘tarilib, 12 843,11 so‘mga teng bo‘ldi.

Rubl kursi esa 0,86 so‘mga oshgan va 1 rubl 142,97 so‘mni tashkil etgan.

Dollar kursi 1 hafta oldingiga nisbatan 36,38 so‘mga (qimmat) farq qilmoqda.

Xabarlarga ko‘ra, ayrim tijorat banklarida 1 AQSh dollarining sotish kursi 10 600 so‘mga chiqqan

Top