10:59 / 17.05.2021
1922

Namangan-Chortoq oralig‘ida poyezdlar qatnovi vaqtincha to‘xtatildi

Foto: KUN.UZ

Temir yo‘l ko‘prigi ta'mirlanishi  sababli Namangan—Chortoq yo‘nalishidagi poyezdlar qatnovi vaqtincha to‘xtatildi.

Namangan viloyati Transport boshqarmasi axborot xizmati xabar berishicha, Namangan viloyati hududida joylashgan Namangan—Chortoq bekatlari oralig‘idagi 108 km 7-piketda joylashgan Chortoqsoy temir yo‘l ko‘prigida temir-beton ko‘prigini qayta ta'mirlash munosabati bilan mazkur bekatlar oralig‘ida poyezdlar harakati vaqtinchalik to‘xtatildi.

Toshkent — Namangan — Andijon yo‘lovchi poyezdlar qatnovi Toshkentdan Namangangacha va Qo‘qon — Namangan — Andijon shaharlararo elektropoyezdi Namangan bekatigacha qo‘yilishi hamda yuk va yo‘lovchi tashish poyezdlarning shakllantirish rejasiga vaqtincha o‘zgartirishlar kiritilishi ma'lum qilingan.

Top