08:35 / 17.05.2021
631
Navoiyda ilk bor xususiy sektorlar o‘rtasida qurilish materiallari ko‘rgazmasi o‘tkazildi

Navoiyda 15-16 may kunlari «Zarafshan Golden Group» kompaniyasi tashabbusi bilan viloyat hokimligi hamkorligida xususiy sektorlar o‘rtasida qurilish materiallari ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi. 

Viloyat hokimligi axborot xizmatiga ko‘ra, ko‘rgazmada respublikadagi 80 dan ortiq korxona o‘z mahsulotlari bilan qatnashgan.

Shuningdek, ko‘rgazma doirasida «Navoiy» erkin iqtisodiy zonasida umumiy qiymati 11 million AQSh dollariga teng bo‘lgan 2 ta yirik loyiha taqdimoti va ochilish marosimi ham bo‘lib o‘tgan.

Avvalroq Navoiy shahridagi «Navoiy mashinasozlik zavodi» ishlab chiqarish birlashmasida metallurgiya, mashinasozlik, energetika, kimyo sanoati va qurilish materiallari sohasida respublika tarmoqlararo kooperatsiya sanoat yarmarkasi o‘tkazilgandi.

Top