16:08 / 17.05.2021
2579
Xitoyda 70 foiz stansiyalar 5G tarmog‘iga o‘tkazilgan

Ayni paytda Xitoyda 280 million 5G tarmog‘i foydalanuvchisi mavjud. Bu butun dunyodagi foydalanuvchilarning 80 foizini tashkil etadi.

Foto: Huang Zongzhi

Xitoy sanoat va axborotlashtirish vazirligining ma'lum qilishicha, sayyoradagi barcha tayanch (bazovyy) 5G stansiyalarining 70 foizi Xitoy hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.

Shuningdek, barcha 5G foydalanuvchilarining 80 foizi Xitoyda istiqomat qiladi. (819 ming stansiya va 280 mln foydalanuvchi mavjud).

Sanoat va axborotlashtirish vaziri o‘rinbosari Lyu Xunlining so‘zlariga ko‘ra, Xitoy kompaniyalari xalqaro aloqa standartlari va texnik shartlarini ishlab chiqishda faol ishtirok etmoqda.

Ayni paytda 5G tarmog‘i bilan bog‘liq patentga bo‘lgan talabnomalarning 38 foizi Xitoy hissasiga to‘g‘ri keladi. Bu bitta mamlakat uchun eng katta raqamdir.

2020 yilning xuddi shu davriga nisbatan, Xitoyning global miqyosdagi 5G tarmog‘i patent hujjatlaridagi ulushi 5 foizga o‘sgan.

Xitoy 6G tarmog‘i ustida qizg‘in ish olib borayotgani haqida ham ta'kidlab o‘tilgan.

Top