08:55 / 18.05.2021
864
Dehqonoboddagi deputatlik saylovi o‘tmagan deb hisoblandi

Qashqadaryo viloyatining Dehqonobod tumanida 2021 yilning 16 may kuni bo‘lib o‘tgan Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatligiga o‘tkazilgan saylov haqqoniy emas deb topilgan. Bu haqda tuman hokimligi axborot xizmati tuman saylov komissiyasi raisi Xoliyor Mengliyevga asoslanib xabar berdi.

Xabarda yozilishicha, saylovdagi noqonuniy holat hokimlik tomonidan aniqlangach, tuman saylov komissiyasi hokimlik axborot xizmati ma'lumotini inobatga olib, saylovni o‘tkazilmagan deb qaror qabul qilgan.  

«Tuman saylov komissiyasi Saylov kodeksining 96-moddasiga ko‘ra, saylov uchastkalarida saylovchilar ro‘yxatiga kiritilgan saylovchilarning 33 foizdan kami ishtirok etganligi sababli ushbu saylovni o‘tmagan deb topish to‘g‘risida taklif kiritdi va mazkur taklifga binoan saylov o‘tkazilmagan deb hisoblandi», — deydi tuman saylov komissiyasi kotibi Renat Qo‘ziboyev.

Axborot xizmati holat tuman hokimligi axborot xizmati tomonidan aniqlanib, bunga o‘sha paytning o‘zida munosabat bildirilgani va holatga tuman saylov komissiyasi e'tibori qaratilib, saylovning shaffof va hoqqoniy o‘tishini ta'minlash uchun o‘z vaqtida chora-tadbirlar belgilanganini yozgan.

P/S: Hurmatli yurtdoshlar, saylash va saylanish huquqingizni qo‘ldan bermang. Demokratik jamiyat qurish o‘z qo‘limizda.

Top