12:34 / 18.05.2021
891
Denovda fuqaroning buzilgan do‘koni uchun kompensatsiya to‘lab berilmayapti
Foto: KUN.UZ

Xabibullo Xafizov hokimlikning qaroriga asosan Denov tumani Zarafshon mahallasida savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish majmuasi qurgandi.

Ammo 2018 yilda Zarafshon mahallasida Obod mahalla davlat dasturi amalga oshirilib, Xabibulla Xafizovning do‘koni hech bir hujjatlarsiz, sobiq hokimning «Buzib tashla», - degan gapi bilan vayron etildi.

Buzilgan do‘kon uchun kompensatsiya berish masalasi esa tadbirkorning yuzlab arizalaridan keyin ham hal etilmadi.

Denov tuman sobiq hokimi Baxtiyor Ibotov Xabibulla Xafizovning aholi gavjum joydagi buzilgan do‘koni uchun dalaning o‘rtasidan yer berdi. Qarorning bir qismida Xafizov Xabibulloga «Savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish majmuasi» qurish uchun yer ajratilgani ta'kidlansa, yana bir qismida ajratilgan yerga uy-joy qurish belgilangan.

Xabibullo Xafizovning bildirishicha, ma'sullar unga bugungi kungacha ajratilgan yerni o‘lchab bermay sarson qilmoqda. Buzilgan do‘kon uchun ham kompensatsiya berilmagan.

Top