07:21 / 18.05.2021
1769

Farg‘ona viloyatida bir hafta ichida 20 kishi YTH qurboni bo‘lgan, 18 kishi tan-jarohati olgan

Farg‘ona viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi axborot xizmati joriy yilning 10 maydan 17 maygacha bo‘lgan Yo‘l harakati qoidalari buzilishi bo‘yicha tahlilni e'lon qildi. 

Viloyat IIB YHXB axborot xizmati xabariga ko‘ra, 2021 yilning 10 maydan 17 maygacha Farg‘ona viloyati hududida quyidagi qoidabuzarliklar qayd etilgan.

  • Spirtli ichimliklar ta'siri ostida avtomobil boshqarish - 59 ta;
  • Svetoforning taqiqlovchi belgisiga amal qilmaslik - 319 ta;
  • Tegishli hujjatlarsiz avtomobil boshqarish - 518 ta;
  • Quvib o‘tish qoidalarini buzish - 1291 ta;
  • YHXB xodimining qonuniy talablariga bo‘ysunmaslik - 15 ta;
  • Tegishli hujjatlarsiz oynalarni qoraytirish - 46 ta;
  • Piyodalar tomonidan yo‘l harakati qoidalariga amal qilmaslik - 10133 ta;
  • Belgilangan tezlikka amal qilmaslik - 10810 ta;
  • "Atlas" maxsus avtomashinalar yordamida aniqlangan qoidabuzarliklar - 4364 ta;
  • Sodir etilgan yo‘l-transport hodisalari - 20 ta;
  • Yo‘l-transport hodisasi oqibatida halok bo‘lganlar - 20 ta;
  • Yo‘l-transport hodisasi oqibatida tan jarohati olganlar - 18 ta;

Xabar yakunida barcha haydovchilardan yo‘l harakati qoidalariga amal qilishlari so‘ralgan.

Avvalroq, Farg‘onada haydovchi yo‘l belgilari ishlamayotgani yuzasidan videomurojaat bilan chiqqanligi, holatga viloyat IIB YHXB holat yuzasidan munosabat bildirganligi haqida xabar berilgan edi. 

Top