23:38 / 18.05.2021
4112
Hindiston oktyabrgacha koronavirusga qarshi vaksinani eksport qilmaydi
Foto: time.com

Hindiston oktyabrgacha koronavirusga qarshi vaksina eksportini tiklamaydi. Reuters axborot agentligining xabar berishicha, Hindistondagi og‘ir epidemiologik vaziyat sababli mamlakatda ishlab chiqarilayotgan barcha vaksina ichki ehtiyoj uchun yo‘naltirilmoqda.    

Buning natijasida COVAX tashabbusi doirasida vaksina taqchilligi yuzaga keldi. Bangladesh, Nepal, Shri-Lanka va Afrikaning ko‘plab davlatlari boshqa davlatlardan vaksina importi uchun kurashni boshlab yubordi. 

O‘z navbatida, JSST Hindistondan boshqa vaksina ishlab chiqaruvchi davlatlarni COVAX uchun ko‘proq vaksinalar yetkazib berishga chaqirdi.

Reuters’ga manbalarning xabar berishicha, Hindistonda koronavirusga chalinganlar soni 25 mlndan oshib ketgani sababli aholini koronavirusga qarshi emlash ustuvor vazifaga aylangan.

Shu bilan birga, Hindistonda vaziyat yaxshilansa, vaksina eksporti qayta tiklanishi muddati o‘zgarishi mumkin.

Hindiston vaksina eksportini mart oyida to‘xtatib qo‘ygandi. Shu sababli COVAX’da 140 mln doza vaksina taqchilligi yuzaga kelgan.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma'lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Top