09:00 / 18.05.2021
3446
Manzara turar joy majmuasida qurilish yuqori sur'atlarda davom etmoqda

«Mesa Insaat» yirik qurilish kompaniyasining mutaxassisi Efgan Ergin qurilish sohasida katta tajribaga ega. Efgan Rossiya va Turkiyadagi yirik loyihalarni loyihalashtirishda qatnashgan va u o‘z tajribasi bilan o‘rtoqlashib, O‘zbekistonda Discover Invest kompaniyasi bilan hamkorlik haqida fikr bildirdi.

Shuningdek, intervyuda uning taassurotlari va Manzara turar joy majmuasida olib borilayotgan qurilish ishlari haqida ma'lumotlar berilgan. Janob Efgan Ergin Turkiyaning Anqara shahrida joylashgan «Mesa Insaat» qurilish kompaniyasining vakili. U ayni paytda Manzara turar joy majmuasi qurilishida faoliyat yuritmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Yunusobod Business City maydoni 38000 kvadrat metr, qurilish maydoni esa 112000 kvadrat metrni tashkil etadi. Majmua qurilishi 3 bosqichga bo‘lingan, birinchi bosqich shu yilning yozida foydalanishga topshiriladi. Keyingi bosqich esa shu yilning centyabr oyida yakunlanadi. So‘nggi bosqich 2022 yilning yoziga qadar tayyor bo‘ladi.

Manzara zamonaviy turar joy majmuasi Yunusobod tumanida joylashgan. Turar joy majmuasi hududida farovon hayot uchun hamma narsa: yopiq hovlilar, alohida avtoturargoh, bolalar va sport maydonchalari, alohida dam olish joylari va piyodalar sayr xiyobonlari bunyod etiladi. Shuningdek, turar joy majmuasi hududi ko‘plab ko‘kalamzor maydonlar bilan bezatiladi. Hududda restoran, qahvaxona, supermarketlar, dorixonalar, savdo binolari quriladi.

Janob Efgan Ergin Manzara turar joy majmuasining bo‘lajak barcha aholisiga salom yo‘llaydi. Xaridorlar turar joy majmuasidan qulay shartlar asosida xonadon sotib olishlari va yaqin oylar ichida o‘z uylariga ko‘chib o‘tishlari mumkin.

Manzil: Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Chinobod ko‘chasi.

Sotuv ofisi har kuni, dam olish kunlarisiz soat 09:00 dan 19:00 gacha ishlaydi.

Batafsil ma'lumotlarni quyidagi telefon raqamidan olishingiz mumkin: +99871 210 44 44

Instagram: @bizninguylar

Telegram: t.me/bizninguylar

Facebook: fb.com/bizninguylar

Sayt: bizninguylar.uz

Reklama huquqi asosida 

Top