14:42 / 18.05.2021
4541
Putin koronavirusga qarshi to‘rtinchi vaksina foydalanishga chiqarilishini ma'lum qildi

Rossiyada dastlab «Sputnik V» vaksinasi ro‘yxatga olingandi. So‘ngra «EpiVakKorona» va «KoviVak» vaksinalari ishlab chiqildi.

Foto: RIA Novosti

Rossiya prezidenti Vladimir Putin yaqin vaqt ichida koronavirusga qarshi to‘rtinchi vaksinadan foydalanish boshlanishini aytdi.

«Biz tezlik bilan koronavirusga qarshi uchta samarali vaksina yaratishga erishdik. Yaqin vaqt ichida to‘rtinchi vaksina chiqariladi va emlash sur'ati ham tezlashadi», — dedi u.

Putinning qo‘shimcha qilishicha, Rossiya pandemiyaga qarshi kurashda xorij davlatlari bilan hamkorlik qilishdan manfaatdor.

Rossiyada dastlab «Sputnik V» vaksinasi ro‘yxatga olingandi. So‘ngra «EpiVakKorona» va «KoviVak» vaksinalari ishlab chiqildi.

6 may kuni «Sputnik Layt» vaksinasi ro‘yxatdan o‘tkazildi. Uning samaraliligi 79,4 foiz deb baholanmoqda.  

Top