14:41 / 18.05.2021
8270
Samarqandda 13 ming dollar evaziga fuqaroga yer olib bermoqchi bo‘lgan mansabdor shaxs va fermer ushlandi

Samarqand viloyati Past Darg‘om tumanida 13 000 AQSh dollari evaziga fuqaroga yer olib bermoqchi bo‘lgan mansabdor va fermer qo‘lga olingan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.

Foto: IIB axborot xizmati

Ma'lum qilinishicha, 2021 yil 17 may kuni Samarqand viloyati IIB JQB Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish bo‘limi, DXX ning viloyat boshqarmasi hamda viloyat prokuraturasi xodimlari hamkorligida Past Darg‘om tumanida tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Tadbirda Past Darg‘om tumani Davlat soliq inspektori B.J. va fermer ho‘jaligi raisi X.B. pavloniya ko‘chatini ekish niyatida yurgan fuqarodan tuman hududidan 15 gektar yer maydonini rasmiylashtirib berishni va'da qilib, evaziga firibgarlik yo‘li bilan 13 000 dollar olayotganda ushlangan.

Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib tergov harakatlari olib borilmoqda.

Top