10:24 / 18.05.2021
2810
Samarqandda yuk mashinasi ag‘darilib ketdi

Samarqandda me'yoridan ortiq yuk ortgan yuk mashinasi ag‘darilib ketgan. Bu haqda viloyat IIB YHXB xabar bermoqda.

Ma'lum qilinishicha, bugun 18 may kuni soat 09:00larda M37 Samarqand — Buxoro — Turkmanboshi xalqaro avtomobil yo‘lida, Buxoro — Toshkent yo‘nalishida harakatlanib kelayotgan, Buxoro viloyati Shofirkon tumanida yashovchi Q.Sh. boshqaruvidagi MAN yuk avtomashinasi Samarqand viloyati Shtab YPX chorrahasi yaqinida boshqaruvni yo‘qotishi oqibatida ag‘darilib ketgan.

Aniqlanishicha, ushbu yo‘l-transport hodisasiga yuk mashinasi me'yoridan ortiq yuk bilan harakatlangani sabab bo‘lgan. Hodisa oqibatida jarohat olganlar yo‘q.

Top