18:23 / 18.05.2021
6607
Tretyakov galereyasida Ivan Kudryashov asarlari ko‘rgazmasi ochildi
Foto: Madaniyat va san'atni rivojlantirish jamg‘armasi

17 may kuni Moskvada Ivan Kudryashov tavalludining 125 yilligiga bag‘ishlangan ko‘rgazma ochildi. O‘zbekiston tomonidan bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov va Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va san'atni rivojlantirish jamg‘armasi kengashi raisining o‘rinbosari Saida Mirziyoyeva tabrik nutqi bilan chiqish qildi.

Galereyada 300dan ortiq eksponatdan iborat retrospektiv jamlanma jamoatchilikka taqdim etildi. O‘zbekiston Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va san'atni rivojlantirish jamg‘armasi ko‘rgazmani o‘tkazishda va Qoraqalpog‘iston davlat san'at muzeyidan buyumlar bilan ta'minlashda ko‘maklashdi.

Bugungi kunda ushbu ijodkorning ijodiy merosi to‘rt mamlakat: Rossiya, O‘zbekiston, Gretsiya va Fransiya muzeylari o‘rtasida notekis taqsimlangan. Rassom, san'atshunos, Nukusdagi San'at muzeyining yaratuvchisi va birinchi direktori Igor Savitskiyning asarlari tufayli Kudryashov ishlarining eng katta kolleksiyasi u yerda to‘planib, rassomning ijodiy yo‘lini ochib beradi.

Madaniyat va san'atni rivojlantirish jamg‘armasi kengashi raisining o‘rinbosari Saida Mirziyoyeva rassomning asarlari uzoq vaqt davomida e'tiborsiz qolganini ta'kidlab, Nukus san'at muzeyi kolleksiyalarini o‘rganishni davom ettirishga tayyorligini bildirdi:

«Suprematist rassom Ivan Kudryashovning kartinalari deyarli ellik yildan beri Nukus muzeyi omborlarida yotdi. Ko‘rgazma zamirida ilmiy izlanishlar, rus avangardiga bo‘lgan qiziqishlar va Igor Savitskiy muzeyi xazinalarini butun dunyoga namoyish etishga bo‘lgan katta istak yotibdi. Bu ilmiy izlanishlarga, rus avangardiga qiziqish va Igor Savitskiy muzeyi xazinalarini dunyoga namoyish etishga bo‘lgan katta istakka asoslangan».

Ma'lumot uchun, Ivan Kudryashov (1896-1972) rassom, grafik artist, suprematist, o‘tgan asr san'atida kosmizmning eng yirik vakili, abstrakt san'atda o‘z yo‘nalishining asoschisi, pedagog bo‘lgan. 

Ivan Kudryashov yubileyiga bag‘ishlangan xalqaro muzey loyihasi — bu rus avangardi eng yorqin ustalaridan biri asarlarining ilk va to‘liq retrospektivasidir. Bu ijodiy hayoti g‘ayrioddiy va shu bilan birga, XX asr rus madaniyati tarixini anglash uchun xarakterli bo‘lgan, ko‘tarilish va tushishlarga hamda insoniy dramalariga to‘la rassom san'atining ko‘rgazma-tadqiqotidir.

Top