12:00 / 18.05.2021
15286
Reklama

Turkiyaga sayohat: Aksiya tugashiga oz qoldi!

Golden House kompaniyasidan “Assalom Turkiya!” aksiyasining tugashiga oz qoldi. 12 iyunga qadar zamonaviy va qulay Assalom turar joy majmualaridan xonadon xarid qilgan mijozlar ikki kishilik sayohatni qo‘lga kiritishlari mumkin.

Assalom loyihasi yagona falsafiy qarashlar bilan uyg‘unlashtirilgan komfort toifasiga mansub uchta turar joy majmuasini o‘z ichiga qamrab oladi. Barchamizga ma'lumki, uyimiz — bu farzandlarimiz o‘sib-ulg‘ayadigan hudud, makon va kuch-quvvat manbaidir. Odatda biz ushbu sevimli maskanimizga uzoq ish kunidan keyin horg‘in holda kelib, charchog‘imizni chiqaramiz, bu yerda dilimizga yaqin bo‘lgan aziz mehmonlarimizni quvonch ila qarshi olamiz. Mazkur turar joy majmualarining har bir detali sizning xonadoningiz keng, yorug‘, shinam va funksional bo‘lishi uchun, siz yashayotgan hudud esa rivojlangan infratuzilmasi bilan quvontirishini ko‘zlagan holda puxta o‘ylab amalga tatbiq etilgandir.

Assalom turar joy majmuasini tanlashning eng asosiy uchta sababi

1. Sifat va narxning ajoyib mutanosibligi

Ushbu muhtasham turar joy majmualari aholiga yuqori darajadagi qulaylikni taqdim etadi. Endilikda siz ko‘rimsiz va tozalanmagan ahvoldagi hovlilar, yaroqsiz kirish joylari, sifatsiz jihozlangan o‘yin maydonchalari, hududning muvaffaqiyatsiz joylashuvi va noqulay rejalashtirish yechimlariga chidab yashashga majbur bo‘lmaysiz. Assalom majmualarining har biridagi xonadonlar ergonomikasi, puxta o‘ylangan loyihasi, tarhlarning turfa xilligi, eng asosiysi — atrofdagi hududning ekologik tozaligi bilan ajralib turadi. Shunisi quvonarliki, sanab o‘tilgan shuncha qulayliklarga qaramay, Assalom Do‘rmon yo‘li'dagi narxlar 330,9 million so‘mdan boshlanadi.

2. Qishda issiq, yozda esa salqin

Assalom turar joy majmualari maxsus ishlab chiqilgan mualliflik texnologiyasi asosida barpo etilmoqda. Bunda, albatta, yurtimizning iqlim sharoiti va seysmologik xususiyatlari ham hisobga olingan. Demak, yuqoridagi jihatlardan kelib chiqib, uylarning devorlari uchta qatlam: tutib turuvchi panel, qo‘shimcha isitkich va qoplama panellaridan iboratdir. Bunda ikkinchi qatlam nafaqat namunali issiqlik izolatsiyasiga erishishga imkon beradi, balki xonadonlarni ko‘cha shovqinidan ham himoya qiladi. Xonadon egalari o‘z qozonxonasiga egaligi tufayli shahar isitish mavsumiga bog‘liq bo‘lmagan holda o‘zlari istaganlaricha haroratni mustaqil ravishda sozlashlari mumkin bo‘ladi. Assalom inshootlarining seysmik qarshiligi esa 9 ballni tashkil etadi.

3. Ajoyib, sifatli ta'mir va zamonaviy oshxona garnituri sovg‘a tariqasida

Shuni alohida e'tirof etish joizki, yaratilgan yuqori darajadagi qulayliklarni ko‘rib, zudlik bilan Assalom turar joy majmualariga ko‘chib o‘tib, yashaging keladi. Xonadon sohiblari ta'mir ishlari uchun ortiqcha vaqt, kuch va asablarini sarflamasliklari, shuningdek, insofsiz ustalar va sifatsiz qurilish materiallaridan aziyat chekmasliklari uchun Golden House mazkur loyihani to‘liq ta'mir holida foydalanishga topshirmoqda. Zero, xonadoningiz ostonasini ilk marotaba hatlar ekansiz, eng avvalo yuqori sifatli jihozlangan santexnika vositalari, hammomdagi keramik plitalar, mustahkam eshiklar, laminat pollar, elektr energiya jihozlari hamda individual isitish tizimi e'tiboringizni tortmay qolmaydi. Zamonaviy va funksional oshxona garnituri esa sizga o‘zgacha quvonch bag‘ishlashi uchun munosib sabab bo‘la oladi.

Turkiyaga yo‘llanmani qanday qo‘lga kiritish mumkin?

Shu yoz faslida Assalom Maxtumquli, Assalom Sohil (Yashnobod tumani) yoki Assalom Do‘rmon yo‘li (Mirzo Ulug‘bek tumani) turar joy majmualarining biridan xonadon xarid qilgan mijozlar quyoshsevar va mehmondo‘st Turkiyada dam olish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Bir tasavvur qiling-a, siz orzu qilgan xonadonda yangi hayotga qadam qo‘yishingiz — Usmoniylar saltanatining qadimiy va boy me'moriy merosidan tortib, O‘rta Yer dengizidan yangi tutilgan baliqlardan tayyorlangan ajoyib taomni tanovul qilishingizdan boshlansa ne ajab!

Xuddi shu maqsadda Golden House kompaniyasi “Assalom, Turkiya!” aksiyasini boshladi va mazkur aksiya doirasida yangi xonadon sohiblari ikki kishilik unutilmas sayohat davomida ajoyib mehmonxonada yashaydilar va bir umrga tatigulik ijobiy taassurotlarga ega bo‘ladilar!

Assalom turar joy majmualaridagi barcha xonadonlar xaridorlari aksiyada ishtirok etish imkoniga egadirlar. Turkiyaga ikki kishilik ta'tilni yutib olish uchun esa quyidagilar zarur:

  • shaxsiy yoki ipoteka mablag‘lari hisobidan foydalangan holda xonadon uchun to‘lovni oldindan 100 foizga amalga oshirish;
  • kuponni to‘ldirish;
  • kuponni Golden House markaziy savdo ofisida muhrlangan maxsus qutiga joylashtirish.

Kupon har bir xonadon xaridi vaqtida beriladi. Agar kimdir birvarakayiga bir nechta xonadonni xarid qilsa, albatta shuncha miqdordagi bir nechta kuponlarga ham ega bo‘ladi. Sovg‘a miqdori pul mukofotiga almashtirilgan holda berilmaydi.

“Assalom, Turkiya!” aksiyasi borasida batafsil ma'lumotga ega bo‘lish, shuningdek, Assalom Maxtumquli, Assalom Sohil va Assalom Do‘rmon yo‘li turar joy majmualarining joylashuvi, narxlari, infratuzilmasi va boshqalar bilan yaqindan tanishish uchun Golden House savdo ofislariga tashrif buyuring.

Assalom Maxtumquli turar joy majmuasi: Toshkent shahri, Maxtumquli ko‘chasi

Assalom Sohil turar joy majmuasi: Toshkent shahri, Farg‘ona yo‘li ko‘chasi

Assalom Do‘rmon yo‘li turar joy majmuasi: Toshkent shahri, Temur Malik va Do‘rmon yo‘li ko‘chalari kesishmasi

Call-markaz: +99878-150-11-11

Cayt: gh.uz

Facebook: fb.com/goldenhouseuz

Instagram: @goldenhouseuz

Telegram: t.me/goldenhouseuz

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid
Top