20:00 / 18.05.2021
11571
Reklama

Turonbank: Smartfoningizdan terminal sifatida foydalaning!

Foto: Turonbank

Bugun inson hayotini yengillashtiruvchi yangidan yangi texnologiyalar ishlab chiqilib, an'anaviy dastur va qurilmalarning o‘rnini avtomatlashgan, zamonaviy mobil gadjetlar egallamoqda. Ayniqsa, eng murakkab va serdaromad yo‘nalish bo‘lgan xizmat ko‘rsatish sohasida ularning o‘rni naqadar muhim ekanligini

biz kundan kunga his qilyapmiz. Taom buyurtma qilish, taksi chaqirish, masofadan onlayn to‘lovlarni amalga oshirish va hokazo.

Shunday bo‘lishiga qaramasdan, ba'zi hollarda ayrim obektiv va sub'yektiv sabablarga ko‘ra, savdo shoxobchalarida faoliyat olib borayotgan tadbirkorlar hali ham eski usullarda to‘lovlarni qabul qilib, qator muammolarga duch kelishyapti. Tizimning ishlamay qolishi, qurilmaning quvvati tugab qolishi, chek uchun qog‘oz sarflash va boshqa shu kabi holatlar.

Ayni shu jihatni inobatga olgan holda o‘tgan yili Turonbank O‘zbekistonda analogi bo‘lmagan yangi “One Touch” xizmatini ishga tushirib, NFC funksiyasi mavjud android smartfonlari orqali “Humo” plastik kartochkalaridan to‘lovlarni qabul qilish imkonini taqdim etgan edi.

Tasavvur qilib ko‘ring, do‘koningizdan biron – bir xaridni amalga oshirgan mijoz kartasini telefoningizga tekkazish orqali pulni bir zumda to‘laydi. Hech qanday texnik nosozlik yoki terminal sim – kartasida pul qolmaganligi sizga xalaqit bermaydi. Ushbu xizmatdan hozirga qadar pin – kodni termasdan foydalanish mumkin edi,  ya'ni 100 ming so‘mgacha bo‘lgan to‘lovlarni qabul qilish orqali.

Taklif va qiziqishlardan kelib chiqib, Turonbank jamoasi mazkur xizmatning texnik takomillashtirilgan shakli va mantiqiy davomi bo‘lgan — "Pin on glass" texnologiyasini ham ishga tushirdi. MDH mamlakatlari orasida birinchi bor joriy qilinayotgan ushbu unikal xizmat yordamida tadbirkorlar o‘z smartfonlaridan endi to‘laqonli terminal sifatida foydalanishlari mumkin.

Texnologiyaning afzalligi shundaki, u orqali 100 ming so‘mdan ortiq to‘lovlarni amalga oshirish imkoni mavjud. Faqatgina xaridor sotuvchining telefonida karta pin-kodini terishi kifoya. Bunday “mobil terminal” bilan kun yakunida hisob-kitob qilishga hojat ham qolmaydi, hammasi avtomatlashtirilgan!

Terminal uchun ortiqcha xarajat qilishni xohlamaydigan kichik tadbirkorlarga, taksi va yetkazib berish xizmati kabi joyida to‘lovni qabul qiluvchi biznes vakillariga ajoyib yechim!

Ma'lumot uchun:

Sayt: turonbank.uz

Telegram: t.me/turonbankuz

Facebook: fb.com/turonbank

Instagram: instagram.com/turonbank

YouTube: Turonbank Media

TikTok: turonbank

Call-center: (+998 95) 144-60-00

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid
Top