16:06 / 19.05.2021
880
Ayol 75 mln so‘mga firibgarlik qurboni bo‘ldi

Birgalikda tikuv sexi ochishni taklif qilgan ayol tanishini 75 mln so‘m pullarini olib, shaxsiy manfaatlari yo‘lida ishlatib yuborgan.

18 may kuni Chust tumanida yashovchi, 1985 yilda tug‘ilgan ayol IIBga ariza bilan murojaat qilib, 2019 yil oktabr oyida tanishi, Namangan shahrida yashovchi ayol uning ishonchiga kirib, Namangan shahar hududida joylashgan sanoat zonasida ishlab chiqarish sexi qurayotganligini aytadi va sex qurilishi uchun mablag‘ kerakligini, keyinchalik ushbu sexda birga ishlashni taklif qiladi, Ushbu so‘zlarga ishongan ayol nomiga banklardan jami 75 mln so‘m mablag‘ olinadi va tanishi ushbu pullarni ehtiyojlari uchun ishlatib yuboradi. Jabrlanuvchi ushbu holatni ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.

Ushbu holat bo‘yicha Namangan shahar IIO FMB Davlatobod tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan

Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.

Top