09:00 / 19.05.2021
2870
Dream City'dan tijorat ko‘chmas mulki – ishonchli aktiv va biznes uchun samarali vosita

Dream City kompaniyasining tijorat ko‘chmas mulki – bu yuqori foyda keltiradigan hamda minimal tavakkal qilinadigan aktivdir.

Dream City Development kompaniyasi bunyod etayotgan yuqori sifatli tijorat ko‘chmas mulki loyihalari haqida ma'lumot berdi. Dream City Development kompaniyasi uy-joy va tijorat ko‘chmas mulki quruvchilari orasida yetakchi hisoblanadi. Kompaniya loyihalari qatorida Tashkent City xalqaro ishbilarmonlik markazi hududidagi ikkita yirik turar joy majmuasi – klassik va zamonaviy Boulevard hamda ekologik toza va zamonaviy Gardens Residence mavjud.

Kompaniyaning Seoul Mun va Boulevard biznes markazlari kabi yuqori darajadagi tijorat ko‘chmas mulkini loyihalashi va qurishi uning salohiyatini namoyon etadi. Poytaxt markazidagi Bo‘rijar kanali bo‘ylab qurilayotgan uch qavatli Seoul Mun savdo va ko‘ngilochar markazi eng nufuzli xaridlar va dam olish joylaridan biriga aylanadi. O‘ziga xos loyiha konsepsiyasi, ko‘p formatli biznes uchun yuzlab tayyor yechimlar, keng ko‘lamli ko‘p qavatli avtoturargoh, hududga alohida kirish joylari, sayr qilish uchun ochiq joylar, bularning barchasi Seoul Mun loyihasida bunyod etiladi.

Ayni damda, qurilishi faol bosqichda, maskandagi savdo joylarining 70% dan ortig‘i sotilgan. Tijorat ko‘chmas mulki sohasidagi Knight Frank xalqaro ekspertlari tahlillari natijasiga ko‘ra, ushbu loyihaning yuqori investitsiya salohiyati, rivojlanish istiqbollari va loyiha kapitallashuvining 30 foizgacha o‘sishi haqida ma'lumot berishdi. Hozirda kompaniya Boulevard turar joy majmuasida qurilish ishlarini yakunlamoqda. Yaqin kelajakda tadbirkorlar o‘ziga xos savdo va ofis joylarida, ya'ni poytaxtning biznes markazidagi eng foydali joylardan birida o‘z bizneslarini rivojlantirish yoki boshlashlari mumkin.

Boulevard shoping avenyu o‘z mehmonlarini Yevropaning yirik poytaxtlari muhitiga chorlaydi. Betakror me'morchilikka ega ko‘plab savdo maydonlari klassik uslubda yaratilgan. Xuddi shu nomdagi biznes markazida esa aksincha, futuristik dizayn mujassamligi aks etgan. U zamonaviy va puxta o‘ylangan biznes makoni lakonik shakllari va geometriyasi, funksionalligi, innovatsion texnologik va muhandislik yechimlari, ofis va savdo maydonlarining aniq ajratilishi kabi xususiyatlari bilan boshqa markazlardan alohida ajralib turadi.

Dream City Development kompaniyasining barcha tijorat ko‘chmas mulk obektlari kelajakdagi egasi uchun kuchli investitsiya vositasiga aylanishi mumkin. Ushbu segmentga talab tijoratning doimiy o‘sishi, biznesni rivojlantirish va xalqaro turizm oqimining ko‘payishi bilan bog‘liq.

Bundan tashqari, butun dunyoda tijorat ko‘chmas mulki ijara biznesi sifatida passiv daromadning eng ishonchli shakllaridan biridir. Dream City Development kompaniyasi mutaxassislari sizga kerakli bino turini tanlashda yordam berishadi. Shuningdek, poytaxt markazida yuqori rentabellikka ega ko‘chmas mulk sotib olish uchun qulay sharoitlar bilan tanishtiradi.

Yagona ma'lumot markazi: +99871 202 22 22

Sotuv ofisi har kuni, dam olish kunisiz soat 09:00 dan 19:00 gacha ishlaydi.

Manzil: Toshkent shahri, Furqat ko‘chasi, Tashkent City XIM

Mo‘ljal: «Xalqlar do‘stligi» maydonidan Alisher Navoiy shoh ko‘chasi tomon yo‘l

Sayt: dreamcity.uz

Telegram: t.me/dreamcityuz

Facebook: www.fb.com/dreamcity.uz

Instagram: @dreamcity.uz

Reklama huquqi asosida

Top